NAVOIYAZOT AKSIYADORLIK JAMIYATI

«NAVOIYAZOT» AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. «Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Navoiy sh. da joylashgan. Korxonada ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi, sirka kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda. Bundan tashqari, 70 dan ortiq turdagi mahsulotlar, organik va noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral oʻgʻitlar, turli xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) i. ch. maqsadlarida tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik soda, osh tuzi va b. asosiy i. ch. uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.

3-d 1964-y. da Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili kuchsiz azot kislotasi i. ch. boʻyicha korxonada 1-agregat foydalanishga topshirildi. 1965-y. dan ammiak korxona toʻliq hajmda ishlashga oʻtdi.

Xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida korxonada nitron — «sunʼiy jun» tolasi ishlab chikaruvchi z-d kurilib, 1971-y. da ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va b. sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan «sunʼiy jun» ishlab chikariladi. 1965 — 75 y. larda ammiak va mineral oʻgʻitlar i. ch. ning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi. 2001-y. da Germaniyaning «Lurgi Xemnis GmBX» firmasining ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xlor, oʻyuvchi soda, xlor kislotasi va natriy gipo-xlorit i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Birlashmada xlorni qayta ishlab polivinilxloridga aylantirgan holda kaustik soda i. ch. boʻyicha 2-navbat sexini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

«Navoiyazot aksiyadorlik jamiyati» a. j. mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-y. da «Navoiyazot» i. ch. birlashmasiga, 2002-y. da «Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 11 mingga yaqin muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat qiladi (2003).

Rixsivoy Yoqubov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x