NAVANDAK

NAVANDAK, Navand — oʻrta asrdagi Chagʻoniyon shaharlaridan biri (5—6 — 18-a. lar). Baʼzi olimlar fikricha, «Navandak» atamasi «nav» va «xandaq»dan olinib «yangi xandaq» maʼnosini anglatgan. «Navandak» nomi «navand» («choparlar») soʻzining kichraytirilgan shakli deb qarashlar ham bor (Sh. Kamoliddinov). 12-a. da Balxdagi mahallalardan va Samarqand darvozalaridan biri «Navand» deb atalgan. 15-a. oxirida temuriylar davrida Navandakda zarbxona boʻlgan, bu yerda «Navand» deb bitilgan mahalliy mis tangachalar chiqarilgan. Surxondaryo viloyatidagi Uzun sh. dan 3 km shim.sharqda joylashgan Kofirqalʼa (yoki Novandaktepa) shahar xarobasi oʻrnida boʻlgan deb hisoblanadi. Shahar xandaq (keng-ligi 50 m) bilan oʻralgan mustahkam ark, shahriston (450×450 m) va katta raboddan tashkil topgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX— nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x