NATURALIZM

NATURALIZM (frans. naturalizme, lot. naturalis — tabiiy) — 19-a. ning oxirgi choragida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatida yuzaga kelgan oqim va ijodiy metod; real borliqni obyektiv, aniq va hissiz aks ettirishga intilgan. Naturalizm tabiiy fanlarda erishilgan muhim muvaffaqiyatlar taʼsirida yuzaga kelgan. Asosiy tasvir obyekti — inson, uning tabiiy va fiziologik hayot tarzi; tabiat va atrof muhitni uning maishiy va moddiy muhiti deb bilgan. Bu esa, oʻz navbatida, badiiy imkoniyatlari cheklangan badiiy mada-niyat taraqqiyotini taʼminladi: Fransiyada E. Mane, E. Dega, A. Tuluzlotrek; Belgiyada K. Menye, P. Polyus; Germaniyada M. Liberman, X. Bartels, K. Kolvis; Italiyada verizm vakili V. Vela va b. Tasviriy sanʼatda Naturalizm borliqni gʻoyaviy mazmunsiz, badiiy umumlashma va tanlashlardan holi, tashki ji-hatdan aynan hayotiy aks ettiradi. Loʻnda, yuzaki tasvirlash, ikkinchi darajali ba-tafeillik, oddiy koʻchirish 1820—30 y. lardayoq namoyon boʻddi (ayniqsa, fransuz rassomlari P. Delorosh, O. Berne va b.), akademik tasvirlash bilan osongina qoʻshilib salon sanʼatining koʻplab turlarini yuzaga keltirdi. 19-a. oʻrtalaridan Naturalizm tarixiy, diniy va majoziy janrlardagi anʼanaviy koʻtarinkilik tu-shunchalari qasddan «pasaytirib» maishiy dalillarda izoqlangan joʻngina hayotga keltirilishi oʻziga xos voqea boʻldi.

Adabiyotda Naturalizm inson xarakterini ilmiy (eksperimental) oʻrganishni maqsad qilib qoʻydi. Adabiy-badiiy asarga «insoniy hujjat» deb qaraldi. Naturalizm dastlab Fransiyada paydo boʻldi. Fransuz adibi Emil Zolya oʻzining «Eksperimental roman» (1880), «Naturalist romanchilar», «Teatrda naturalizm», «Dramaturglarimiz» (1881) asarlarida Naturalizmni ijodiy metod sifatida asoslab berdi, E. Zolya atrofida naturalistok maktab vujudga keldi (G. Mopassan, P. Aleksis, A. Dode va b.). J. Shanflyori, L. E. Dyuranchi, G. Flober, aka-uka E. va J. Gonkurlar, P. Amp (Fransiya), A. Xold (Germaniya) va b. ham Naturalizm nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar.

Naturalistlarning ayrim tasvir prinsiplariga, insonni axloqiy jihatdan yalangʻoch holatda koʻrsatishlariga, tasvir obyektini tanlashga ehtiyoj yoʻqligi xususidagi qarashlariga tanqidiy munosabatlar bildirilgan. Ayni chogʻda, ushbu oqimning dunyo ada-biynazariy tafakkuri tarixidagi mavjud voqelik ekani tan olingan; mavzu doirasining kengligi, yangicha tasvir usullari, shaxs va olomon munosabatlarini oʻrganganlari ijobiy hodisa sifatida baholangan.

Fransuz adabiy muhitida paydo boʻlgan Naturalizm taʼsiri, maʼlum vaqt oʻtgach, boshqa mamlakatlarda ham sezilgan. Jumladan, Naturalizmning Germaniyada A. Xols, G. Gauptman, Angliyada J. Mur, JTissing, AQSHda S. Kreyn, F. Nor-ris, X. Garlend kabi namoyandalari bor edi. Garchand Rossiya adabiy muxitida «naturalizm» atamasi bevosita qoʻllan-magan boʻlsa ham, bu oqim taʼsiri D. Ye. Maminsibiryak, P. D. Boborikin ijodida seziladi. Naturalizmga xos ayrim unsurlar boshqa ijodiy metodlar asosida yozilgan turli badiiy asarlarda ham uchrashi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x