NATUF MADANIYATI — Falastin va Suriyadagi mezolit davri madaniyati (mil. av. 10—8-ming yillik). Vadi annatuf vodiysi nomidan olingan. Natuf madaniyatiga oid gorlar, manzilgoxlar va qabrlar tadqiq etilgan. Natuf madaniyati kishilari ovchilik, baliq ovlash, terimchilik bilan shugʻullanganlar.