NATRIY XLORID

NATRIY XLORID, osh tuzi, NaCl — xlorid kislotaning natriyli tuzi. Kub panjarali kristallardan iborat rangsiz modda. Suyuklanish t-rasi 801°, qaynash t-rasi 1413°, zichligi 2,161 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. NaOH, HC1, MgCl2, SaS12 va b. ishtirokida Natriy xloridning suvda eruvchanligi juda kamayadi. Toza Natriy xloridning gigroskopikligi oz, ammo aralashmalar (Mas, magniy tuzlari) ishtirokida uning gifoskopikligi juda ortadi. Tabiatda galit (tosh tuz) holida, dengiz va shoʻr koʻl suvlari tarkibida boʻladi. Oziq-ovqat va b. sanoat sohalarida, q. x. da, roʻzgʻorda koʻplab ishlatiladi. Undan oʻyuvchi natriy, xlor, soda, natriy sulfat olishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x