NATRIY GIDROKSID

NATRIY GIDROKSID (oʻyuvchi natriy, kaustik soda) , NaOH — rangsiz kristall modda. Suyuklanish t-rasi 323°, qaynash t-rasi 1403°, zichligi 2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaktida issiklik ajratib chiqaradi. Gigroskopik. Suvdagi eritmasi kuchli ishqor. Suvsiz NaOH 61,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. Natriy gidroksid natriy metali va natriy gidritni eritadi.

Osh tuzining suvdagi eritmasi (na-makob)ni elektroliz qilib hosil qilinadi. Sunʼiy ipak, sovun va b. kimyoviy moddalar i. ch. da, toʻqimachilik va b. sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Koʻpgina organik birikmalar, charm va qogʻozlarni yemiradi. Teriga tegsa kuydiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x