NASRULLOYI

NASRULLOYI — oʻtmishda (16-a.) yashab ijod etgan mashhur bastakorning ismi (taxallusi)ga nisbat berib atalgan musiqiy asarlar nomi. Shashmaqomda Buzruk maqomi Mushkilot boʻlimida «Muhammasi Nasrulloyi» nomi bilan asosiy cholgʻu qismlaridan biri sifatida oʻrin olgan. Ushbu maqomning ashula boʻlimida Nasrulloyi nasr yoʻlida yaratilgan shoʻbalardan biridir. U oʻzining kuy qiyofasi jihatidan Buzrukning bosh-qa shoʻbalaridan birmuncha farqqiladi. Ichki tuzilishi boʻyicha Nasrulloyi cholgʻu muqadimma, daromad, miyenxat, dunasr, Turk avji, tushirim kuy jumlalaridan tashkil topgan. Nasrulloyi shoʻbasi oʻzidan soʻng keladigan 3 Taronaga ega. Nasrulloyining bosh kuy mavzui boshqa shoʻbalarda namud sifatida ishlatiladi.

Xorazm maqomlarida ham Buzruk maqomi aytish yoʻlidan oʻrin olgan boʻlib, nasr shoʻbasi uslubida yaratilgan namunalardan. ToshkentFargʻona maqom yoʻllari qatorida Nasrulloyi 5 qismli cholgʻu kuylar turkumi sifatida maʼlum. Uning qismlari har xil vazn va doira usullariga tushirilgan boʻlib, ikkinchisi (chapandoz)ning ashula yoʻli ham mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x