NASR ibn ALI

NASR ibn ALI, Nasr (? – 1012) – Movarounnahr ilikxoni (999—1012). Qoraxoniylarti. Buxoroni egallash bilan Movarounnaxrning bosib olinishini nihoyasiga yetkazgan (999-y. okt.). Somoniylar amiri Abdulmalik ibn Nuh va uning qarindosh-urugʻlarini asir qilib, Oʻzgandagi zindonga tashlangan. Shu tariqa qudratli boʻlgan somoniylar sulolasi qulagan. 1000—1005-y. larda ilik Nasr ibn ali ibn A. somoniylar hokimiyatini tiklashga harakat qilgan Mun-tasirga qarshi kurashgan va gʻalaba qilgan. 1000-y. Mahmud Gʻaznaviy N. ibn A. bilan oʻz yerlari oʻrtasidagi chegaralarni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzgan, unga koʻra, Amudaryo asosiy chegara qilib belgilangan. Natijada somoniylar davlati oʻrnida ikkita yangi davlat tash-kil topgan: birinchisi — Qashqardan Amudaryogacha choʻzilgan, Sharqiy Tur-kistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qad. Sugʻd hududini oʻz ichiga olgan qoraxoniylar; ikkinchisi — Shim. Hindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining jan. qir-gʻoqlarigacha choʻzilgan, hoz. Afgʻoniston va Shim.Sharqiy Eron viloyatlarini oʻz ichiga olgan Gʻaznaviylar davlati.

Biroq Nasr ibn ali ibn A. Xurosonni bosib olish niyatidan butunlay voz kechmagandi. 1006 va 1008-y. larda qoraxoniylar Xurosonga ikki marta yurish qilganlar. 1006-y. dagi yurish chogʻida Mahmud Gʻaznaviy Hindistonda edi. Qoraxoniy qoʻshinlari Balx, Tus va Nishopurni bosib olganlar. Biroq Mahmud Hindistondan qaytib kelib, ularni quvib yuborgan. 1008-y. dagi Balx yaqinidagi jangda Mahmud qoʻshinida 500 ta fil bor edi. Nasr ibn ali ibn A. kushini tor-mor etilib, qoraxoniylarning Amudaryoning jan. dagi hududlarini egallash yoʻlidagi harakatlari shu tarzda toʻxtatilgan. Nasr ibn ali ibn A. nixryatda jasur va dovyurak, imon, eʼtiqodli shaxs boʻlib, u haqda koʻplab rivoyatlar toʻqilgan. Ja-mol Qarshiynit yozishicha, Nasr ibn ali ibn A. buyuk nomdor xoqon, juda koʻp fazilatlar sohibi boʻlgan va hijriy 402-y. (1011 — 12)da Oʻzganda vafot etib oʻsha yerda dafn etilgan.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t.2(1), M., 1963; Materialы po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X — XIX vv., T., 1988; Samarqand tarixi, 1-j., T., 1971.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x