NASR (arab. — koʻmak, zafar) , proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham Nasr yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kech-rok paydo boʻlgan. 5—8-a. larga oid Urxun-Yenisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi Nasrning eng kad. namunalari, deb hisoblash mumkin. Sheʼriyatning rivojlanishi «Qutadgʻu bilig» (Yusuf Xos Hojib) va «Hibat ul-haqoyiq» (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10—12-a. larda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning «Shohnoma», Abdulmuayd Balxiyning «Gershaspnoma», Homididdin Balxiyning «Makrmati Homidiy», Saidaddin Muhammad Av-fiy Buxoriyning «Javome ul-hikoyot va lavomeʼ ur-rivoyot» («Hikoyalar toʻplami va rivoyatlar yolqini») singari nasriy asarlari vujudga keldi. 14a. boshlarida Rabgʻuziyning «Qisasi Rabgʻuziy», Navoiyning «Mahbub ulqulub» singari nasriy asarlari, ayniqsa, «Boburnoma»ning yaratilishi bilan oʻzbek adabiyotida milliy Nasrning asosiy qirralari nurlanib ketdi. Ammo shunga qaramay, hoz. tushunchadagi Nasrning taraqqiyoti bevosita 20-a. bilan — zamonaviy adabiyotning shaklla-nish va rivojlanish davri bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda tom maʼnodagi oʻzbek badiiy Nasri yaratildi va u adabiy tur sifatida oʻz shoxobchalariga ega boʻldi. 20-a. boshlarida vaqtli matbuotning paydo boʻlishi, gaz. va jur. sahifalarida Choʻlponning «Qurboni jaholat», «Doʻxtir Muhammadyor», Qodiriyning «Juvonboz», «Uloqda» singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning «Yangi saodat», S. Ayniyning «Buxoro jallodlari», «Odina» qissalari, Qodiriyning «Oʻtgan kunlar» romanining eʼlon qilinishi bilan zamonaviy realistik oʻzbek Nasri uzil-kesil shakllandi. Bu N. mumtoz oʻzbek adabiyotidagi Nasrdan dastavval ijobiy va salbiy qahramonlar obrazi, syujet va kompo-zitsiyasi, badiiy konfliktga egaligi, hayotiy yoki afsonaviy-fantastik vo-qealarni muayyan badiiy til va uslubda tasvirlab berganligi hamda badiiy qonuniyatlarga toʻla rioya etib yozilgan-ligi bilan farqlanadi.
Agar nasriy nutq yangi paydo boʻlganida, sheʼriy nutq singari, jimjimador va balandparvoz boʻlgan boʻlsa, 20-a. ning 1-choragiga kelib, ortiqcha hashamlardan xoli boʻla boshladi, realistik tasvirning qonun-qoidalariga tobora boʻysunib bordi. Nasrga jonli til xususi-yatlari, prozaizm (maishiy turmush belgilari), dialektizm (shevachilik) unsurlari kirib keldi. Badiiy soddalik, ta-biiylik, real hayotga yaqinlashish mayli Nasrning asosiy mezonlariga aylandi. Shu bilan birga yozuvchilar Nasrning badiiy nutq koʻrinishi ekanligini ham unut-madilar. Ular xususiy ijodiy uslublari va yozilayotgan asar xarakteridan kelib chiqqan holda zarur ritm (ohang)ni tanlab, tasvir vositalaridan samarali foydalandilar va foydalanmoqdalar.
Badiiy adabiyot soʻz sanʼatidir. Soʻz Nasrda ham asosiy tasvir materiali boʻlib xizmat qiladi. Ammo u, sheʼriyatdagi soʻzdan farqli oʻlaroq, kitobxonning diqqat-eʼtiborini oʻziga qaratmaydi. Aniqroq aytganda, soʻz Nasrda xarakterlar yaratuvchi, roman yoki hikoyadagi badiiy olamni tashkil etuvchi voqealar, harakatlar va b. ning, yaʼni asar syuje-tining badiiy mujassamlanishiga yor-dam beradi; soʻz Nasrda tasvir vositasidir. Agar shoir (muallif) soʻzi ustuvorlik qilgani va personaj soʻzi ham shoir (muallif) soʻzi bilan uygʻun boʻlgani uchun sheʼriyat monologik hodisa hisoblansa, Nasr dialogik hodisadir. U oʻziga rangba-rang, hatto bir-biriga muvofiq boʻlmagan ovozlarni «yigʻib» oladi. Badiiy Nasrda nosir (muallif), hikoyanavis va personajlarning ovozlari oʻzaro murak-kab aloqaga kirishib, soʻzga sermaʼnolik, seryoʻnalishlik xususiyatlarini bagʻishlaydi. Nasr, sheʼriyat singari, real voqelikka oʻzgacha tus berib, oʻziga xos badiiy olamni yaratadi.
Nasr adabiy tur sifatida turli shoxobchalardan tashkil topadi. Bu shoxobchalar janr deb ataladi va kuyidagicha tasniflanadi: ocherk, hikoya, qissa, roman, epopeya. Bu janrlarning har biri, oʻz nav-batida, yangi-yangi koʻrinishlarga boʻlinadi. Mas, tarixiy roman, biofafik roman, psixologik roman, sarguzasht roman, ilmiy-fantastik roman va b.
Nasr bilan nazm yoki sheʼriyatning oʻzaro bir-biriga yaqin shakllari ham mavjud. Agar lirik proza yoki lirik Nasr, shuningdek, nasriy sheʼr N. ning sheʼriyatga xos lirik tuygʻu va ohanglar ustuvorlik qilgan koʻrinishlari boʻlsa, sochma, sarbast sheʼr yoki erkin sheʼr sheʼriyatning Nasrga xos belgilariga ega shakllaridir. Agar Qodiriy, Choʻlpon yoki Oybek romanlarida lirik harorat va nafosat yogʻdulari jilva berib tur-sa, Abdulla Qaxdor, Shukur Xolmirza-yev hikoyalarida shafqatsiz realizm un-surlari koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Togʻay Murod romanlari uslubida esa ritmik Nasr belgilari ustuvordir. Hoz. oʻzbek Nasr har tomonlama badiiy yuksaklikka erishgan va jahon Nasr ining eng yaxshi tajribalari va anʼanalari bilan boyigan.
Naim Karimov.