NASOYIM ul-MUHABBAT

«NASOYIM ul-MUHABBAT» («Sevgy shabadalari») — Alisher Navoiy asari. 1495—96 y. larda Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» asari taʼsirida yozilgan. Jomiy asariga tanqidiy qaragan Navoiy «burungʻi zamondagʻi mashoyixdin barchasining zikrin qilmaydurlar va oʻz muosirlarining koʻpi-ni, oʻzlarin ham bitmaydurlar» der ekan, asarda Jomiy, Lutfiy, Ashraf Muflisiy, Shayx Sanʼon, Nosir Xis-rav, Nasimiy va shular qatori Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy kabi «turk mashoyixlari» haqida maʼlumot beradi. Navoiy asarda ilova qilingan shaxslarning faqat sufiyona qarashlarinigina yoritmasdan, adabiyot va jamiyatdagi oʻrnini belgilashga ham katta eʼtibor bergan. «Nasoyim ul-muhabbat ul-m.» Navoiyning didaktik qarashlari, tarjimonlik va tadqiqotchilik faoliyati hamda estetik qarashlarini oʻrganish uchun muhimdir. «Nasoyim ul-muhabbat ul-m.»ning baʼzi nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 3415, 857 3420, 8514, 1825).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x