NASL ALMASHINISHI — organizmlarning hayotiy siklida ular avlodi (nasli, hayotiy guruhlari)ning qonuniy almashinib turishi.
Hayvonlarda Nasl almashinishi birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Bir hujayralilarga xos boʻlgan birlamchi Nasl almashinishida jinsiy generatsiya jinssiz koʻpayadigan hujayra (agameta)lar bilan almashinib turadi. Mas, foraminiferalarda almashinib turadigan nasl jinsiy va jinssiz individlar, yaʼni gamont va agamontlardan iborat. Gametalar hosil boʻlishidan oldin meyoz roʻy bergani uchun jinsiy avlod va gametalar gaploid, zigota va agamontlar diploid boʻladi. Quyoshlilar va ayrim xivchinlilarda meyoz gametalar hosil boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgani tufayli, faqat jinsiy hujayralar gaploid boʻladi. Xuddi shunga oʻxshash xususiyatlar koʻp hujay-ralilar uchun ham xos. Ikkilamchi Nasl almashinishi geterogoniya va metagenez shaklda boradi. Geterogoniya normal jinsiy koʻpayishning partenogenez b-n, metagenez esa jinsiy va jinssiz koʻpayishning gallanib turishidan iborat. Geterogoniya soʻrgʻichlilar, ayrim toʻgarak chuvalchanglar, boshaylangichlilar, boʻgʻimoyokdilar; metagenez krbikdilar va boʻshliqichlilar uchun xos. Boʻshliqichlilarning jinsiy nasli erkin yashovchi meduzalar, jinssiz nasli esa oʻtroq poliplardan iborat.
Oʻsimliklarda Nasl almashinishi gaploid jinsiy, yaʼni gametofit va diploid jinssiz, yaʼni sporofit nasli bilan almashinib turishidir. Gametofit (gametalar hosil qiluvchi boʻgʻin) bir jinsli (ayrim qoʻngʻir suvoʻtlar, har xil sporali paporotniklar, plaunlar, urugʻli oʻsimliklar) yoki ikki jinsli (sfagnum, teng sporali paporotniklar, plaunlar) boʻladi. Sporofitning spo-rangiylarida metoz orqali gaploid sporalar hosil boʻladi. Sporalardan yana jinsiy boʻgʻin gametofit oʻsib chiqadi. Izomorf Nasl almashinishida gametofit va sporofit bir xil (yashil, qoʻngʻir va koʻpchilik qizil suvoʻtlarda), geteromorf Nasl almashinishida gametofit va sporofit har xil (yuksak oʻsimliklarda) tuzilgan. Suvoʻtlarda Nasl almashinishining ikkala xili ham uchraydi. Shunday qilib, izomorf Nasl almashinishida har bir oʻsimlik turi ikki xil (gametofit ikki jinsli boʻlganida) yoki uch xil (gametofit ayrim jinsli boʻlganida) alohida yashovchi individlardan iborat (ayrim yashil, qoʻngʻir va koʻpchilik qizil suvoʻtlar). Geteromorf Nasl almashinishida gametofit va sporofit musta – qil rivojlanadi (laminariya, teng sporali paporotniklar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar) yoki ulardan biri ik-kinchisi hisobiga rivojlanadi (yoʻsinlar, urugʻli oʻsimliklar). Geteromorf Nasl almashinishida, odatda, bir boʻgʻin (koʻpincha sporofit) ikkinchisidan ustunlik qiladi. Yuksak oʻsimliklarda gametofit liniyasi boʻyicha evolyutsiya faqat yoʻsinlarda kuzatiladi. Ularda sporofit koʻsakcha kurinishida urgʻochi gametofitning uchki qismida hosil boʻladi. Qolgan barcha yuksak oʻsimliklar evolyutsiyasi sporofit liniyasi boʻyicha davom etgan. Ularda sporofit barg va poyali oʻsimlik boʻlib, yaxshi rivojlangan. Gametofit esa kichik, qisqa umr koʻradigan alohida oʻsimtadan (teng sporali paporotniklar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar) yoki sporofit xisobidan rivojlanadigan mikroskopik hosiladan iborat (har xil sporali paporotniklar, plaunlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar).