NASHVATI

NASHVATIxalq seleksiyasi. yoʻli b-n yetishtirilgan nok (olmurut) navlari guruhi. Qishki Nashvati, kuzgi oq Nashvati, chillaki N., yozgi Nashvati kabi navlar shu guruhga oid. Oʻzbekistonda Nashvatining murut, olmurut deb ataladigan yovvoyi turi — Korjinskiy noki (P. korshinskyi Litv.) togʻ etaklari va yon bagʻirlarida, soylarda oʻsadi. Mevasi dumaloq yoki noksimon-choʻziq. Oʻzbekistonda qadimdan ekib kelinadi. Madaniy Nashvati navlari koʻchatlari yovvoyi nok urugʻlaridan yetishtirilgan paivandtaglarga payvand kdiib yetishtiriladi. 4—6-yili hosilga kiradi. Daraxti bal. 8—12 m. Boshka nok navlariga qaraganda erta gullaydi. Mevasi navyga qarab iyun oxiridan okt. boshlarigacha boʻlgan davrda pisha-di, ogirligi 120—250 g (baʼzan 500 — 700 g), koʻpchiligi sargʻishkoʻkish, ay-rimlari rangdor, usti moysimon gʻuborli, silliq. Eti och sariq yoki koʻkish-oq, kuvrak, suvli, nordonshirin, urugʻi yirik; kechpisharlari mart—apr. gacha saqlanadi. Akad. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida Nashvatining Qishki Nashvati 2, kuzgi Qizil N. navlari chiqarilgan va r-nlashti-rilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x