NASAF

NASAF, Naxshab — Qarshi vohasida, Qashqadaryoning quyi oqimi boʻylarida joylashgan oʻrta asr shahri va viloyati nomi. Nasaf shahri Karshi sh. dan 8 km shim.gʻarbdagi Shulluktepa shahar xarobasi oʻrnida boʻlgan. 7—8-a. larda Nasafda ot tasviri, G — belgisi va turkiy chehra hokim rasmi tushirilgan mis tangalar zarb qilingan. 8-a. ning 2-yarmidan bu tangalar fels deb atalgan. Arablar istilosidan soʻng Nasaf viloyatning maʼmuriy markazi boʻlgan. Nasaf oʻrta asrlarda 3 qismdan — ark, shahriston va raboddan tashkil topgan, mudofaa devori bilan oʻralgan, 4 ta darvozasi — Buxoro, Samarqand, Kesh va Gubdin darvozalari boʻlgan. 10-a. da ark xarobaga aylanib, hayot keng rabodda davom etgan. Hokim uyi va qamoqxona daryo boʻyidagi Rasal qantara — koʻprik boshi degan yerda joylashgan, jome masjidi rabodda, Gubdin darvozasi oldida boʻlgan, shahar bozor bilan hokim uyi oraligʻida joylashgan. 14-a. da N. Qarshi nomini olgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x