NARZIQULOV

NARZIQULOV Hoshim (1900 – Samarqand — 1963.9.1) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Nasim Hoshi-movnchnt otasi. Ijodiy faoliyatini 1918-y. da Abdulla Badriy rahbarligidagi «Samarqand» musulmon truppasida boshlagan. 1927—30 y. lar «Koʻk koʻylak» teatrida, 1930-y. dan Hamid Olimjon nomidagi Samarqand davlat oʻzbek drama teatrida aktyor, truppa boshligʻi, rej. 1944—48 y. lar Samarqand viloyat madaniyat boshkarmasining boshligʻi, 1948—57 y. lar Madaniyat ishlari vazirligida teatr boʻyicha masʼul xodim boʻlib ishlagan. Mirkomilboy (A. Badriy, «Shoʻring qursin, Mirkomilboy!»), Muslim (F. Zafariy, «Halima»), Ibrohim (K. Yashin, M. Muhamedov, «Ichkarida»), Xusrav (Xurshid, «Farhod va Shirin»), Xon Boboxon, Qorabotir (S. Abdulla, «Toxir va Zuxra»), Sultonbek (U. Hojibekov, «Arshin mol olon») singari obrazlari bilan oʻzbek teatri sanʼatiga munosib hissa koʻshdi. «Arshin mol olon», «Farhod va Shirin», «Poʻrtana» (S. Abdulla), «Gʻunchalar» (3. Fatxullin) kabi spektakllarni saxnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x