NARPAY KANALI

NARPAY KANALIZarafshon vodiysidagi qad. va yirik kanallardan biri. Qoradaryo (Zarafshon tarmogʻi)dan toʻgʻonsiz suv oladi. Suv oʻtkazish imkoniyati 70 m3/s. Sugʻorish mayd. 42,2 ming ga; Samarqand viloyatining Narpay tumanida 18,6 ming ga, Paxtachi tuma-nida 17,9 ming ga, Kattaqoʻrgʻon tumanida 4 ming ga, undan quyiroqda 1,7 ming ga yerlarni sugoradi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining gʻarbiy tarmoklari etaklari boʻylab oʻtgan. 370 shoxobchasi bor. 1929-y. gacha uning uz. 30 km, suv oʻtka-zish imkoniyati 8—10 m3/s boʻlgan. 1929—32 y. lardagi rekonstruksiyada uzaytirildi, suv oʻtkazish imkoniyati 48 m3/s yetkazildi. Ortiqcha suvni tashlab yuboradigan 4 shoxobcha qurildi. 1950-y. da Narpay kanali Kattaqoʻrgʻon suv omboriga ulandi. Qayta rekonstruksiya qilingandan keyin suv oʻtkazish imkoniyati 70 m3/s ga yetdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x