NARPAY DOSTONCHILIK MAKTABI

NARPAY DOSTONCHILIK MAKTABIrepertuar birligi, ustoz-shogird munosabatlari, ijro usullari bilan boshqa baxshilardan ajralib turgan dostonchilar guruhi. Narpay dostonchilik maktabi Ernazar shoir, Rajab shoir, Toʻxtamish, Abduxoliq, Islom Nazar oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Zohir Qoʻchqor oʻgʻli, Ziyodulla Islomov kabi baxshilarni oʻzida birlashtirgan. Bu maktab vakillari Narpay, Kattaqoʻrgʻon, Jom, Kogon, Muborak, Karshi atroflarida mashhur boʻlganlar. Ulardan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Kuntugʻmish», «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Hasanxon», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gu-lixiromon», «Xirmondali» kabi dostonlar yozib olingan. Ularning aksa-riyati nashr etilgan.

Anʼanaviy repertuarning chuqur xalqchilligi va zamonaviyligi Narpay dostonchilik maktabining oʻziga xos xususiyatlaridan xisoblanadi. Bu maktab vakillari xalq dostonlarining demokratik asoslarini yanada kengaytirdilar. Shunga koʻra, Narpay dostonchilik maktabi vakillaridan yozib olingan dos-tonlarda Oytoʻra, Xolyor, Qingʻir chol, Dono choʻpon, Hamro bogʻbon, Usta Olim, Umar, Qulmaloyik kabi keng mehnat-kashlar ommasining turli tabaqalariga oid xilma-xil obrazlar yaratilgan. Boshqa maktablarning vakillarida bu xil obrazlar (Kayqubod, Janjalkal, kambagʻal chol, oʻtinchi va b.) anʼanaviyligi bilan ajralib turadi.

Ad.: Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x