Nargiz — Yor yo’li

Shamol buncha shoshmasa,
Bog`dan boqqa oshmasa.
Qiz bolaning sirini
Buncha elga sochmasa. (x2)

Yor yo`li shu yo`lmikin,
Yoki o`tgan dilmikin,
Yor yo`lida oshiqning
Zor bo`lgani shumikin?

Zor bo`lgani shu bo`lsa,
Mening ham dilimga boq.
Intizor yo`limga boq,
Zor bo`lgani shu bo`lsa.

Buncha o`yim o`raysan,
Goh g`alati qaraysan.
Bilib turib holimni,
Holing ne, deb so`raysan. {x2}

Yor yo`li shu yo`lmikin,
Yoki o`tgan dilmikin,
Yor yo`lida oshiqning
Zor bo`lgani shumikin?

Ko`zga yaqin qiz bo`lsa,
Qoshlari qunduz bo`lsa,
Aytchi o`zing, maylimi
Mahallada so`z bo`lsa?

O`tsang yaxshi yor bo`lib,
Qo`shiq bo`lib, tor bo`lib,
Pushaymon bo`lib yurma,
Izlarimga zor bo`lib. {x2}

Yor yo`li shu yo`lmikin,
Yoki o`tgan dilmikin,
Yor yo`lida oshiqning
Zor bo`lgani shumikin? (x1+x1)

Zor bo`lgani shumikin?

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x