NAQSHI RUSTAM — Sheroz (Eron) dan 50 km, qad. Istahr sh. (Taxti Jamshid) yaqinida joylashgan Husaynkoʻh qoyalaridagi axomaniylar sulolasi podshohlarining maqbaralari hamda kitobalari. N. R. Eron sarkardasi — sosoniylarщm Yazdigard III armiyasi bosh qoʻmondoni Rustam (636-y. arablar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan) nomiga qoʻyilgan. Naqshi Rustam Doro I, Artakserks I va Doro II larning Koʻhi Rahmat bagʻriga kavlab joylashtirilgan maqbaralaridan iborat. Doro I maqbarasi toʻrtburchak shaklida, zardushtiylik anʼanasi asosida yaratilgan boʻlib, eng qad. yod-gorlikdir (q. Doro qabri kitobalari). Maqbaradan pastda, chap tomonidagi relyefda sosoniylar podshosi Shopur ning Rim imperatori Valerian ustidan gʻalabasi (mil. 260-y.) va Valerianning ot minib turgan Shopur I oyogʻiga tiz choʻkib, bosh egib turgani tasvirlangan. Relyef ostidagi yozuvda forslarning Zakavkazyega yurishi ifo-dalangan (mil. 262-y.). Maqbaralarning qarshisida burj — Zardusht kaʼbasi joylashgan. Uning tomi katta hajmdagi yassi tosh plitalar b-n yopilib, devorlarida deraza oʻrnida ochiq joylar qoldirilgan. Eron, Kavkaz va Oʻrta Osiyo aholisi uylariga oʻxshatib qurilgan burjning devorlariga paxlaviy, parfyan va yunon yozuvlarida Sosoniylar daalati tarkibiga kirgan mamlakatlar, bu ziyoratgohga keltirilgan hadyalar roʻyxati berilgan. Naqshi Rustam manzaralari va kitobalari axomaniylar va sosoniylar bosib olgan mamlakatlar va xalqlar tarixi, etnografiyasi va madaniyatini oʻrganishda muhim manbadir.
Hamidjon Hamidov.