NAQIB

NAQIB, naqibxoʻja (arab. — boshliq, sardor, qabila boshligʻi, dohiy) — Xiva xonligidagi harbiy mansabdor. Sayyidlar va xoʻjalar uchun yuqori faxriy unvon. N. oʻzlarini Muhammad paygʻambarning avlodlaridan deb hisoblay-digan sayyidlar jamoalari rahbarlarining lavozimi. Hukmron doiralar Naqib orqali sayyidlar jamoalari b-n muomala qilganlar. Naqiblik lavozimi avloddan avlodga oʻtgan. Naqib xonning eng yaqin maslahatchilaridan boʻlib, safarlarda unga hamroh boʻlgan. Rasmiy qabul marosimlarda Naqib xonning soʻl tomonida 1-oʻrinda oʻtirgan. Xon N. larga tayangan. Naqib larning oʻz navkarlari boʻlib, hamma harbiy safarlarda qatnashgan. Naqib larning vazifasi urush safari vaqtida qoʻshin tuzish, uni qurollantirish va joylashtirish mahoratiga ega boʻlgan, odd va orqadagi, oʻng va soʻl qanotdagi markaz va pistirmadagi askar holidan xabardor boʻlgan, oʻz vazifasiga loyiq boʻlmagan kishini maʼlum vazifani bajarishga qoʻymagan. Xiva xonligida urush safarlari vaqtida Naqib shu vazifalarni bajargan. Xon «saylov»i vaqtida Naqib ishtirok etgan. Naqiblar xazinadan taʼminlanib turilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x