NAPOLEON I

NAPOLEON I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho sh., Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779-y. da Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784-y. mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785-y. podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan H. I 1789-y. Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792-y. Yakobinchilar klubiga aʼzo boʻlgan. U Parij sh. garnizoni qoʻmondoni va 1796-y. da Italiyada harakat qilayotgan fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida H. I oʻzini buyuk sarkarda ekanligini na-moyon qilgan. Gʻolib sifatida Parijga kirib kelgan H. I Misrga xarbiy yurish qilish haqidagi qarorini Direktoriyadan oʻtkazgan. Lekin, oʻz xohishi bilan u Misrni tashlab, 1799-y. okt. da Parijga qaytib kelgan va 9—10 noyab. da davlat toʻntarishi oʻtkazib, konsullkk rejimini joriy etgan va amalda butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800-y. fransuz bankiga asos solgan.

1802-y. H. I oʻzini umrbod konsul etib tayinlanishiga erishgan. 1804-y. da esa imperator deb eʼlon qilingan. Yangi burjua monarxiyasini mustahkamlash maqsadida Napoleon I 1-xotini Jozefina bilan nikohni buzgan va 1810-y. Avstriya imperatori Frans I ning qizi Mariya Luizaga uylangan. Buyuk davlatlar ittifoqiga qarshi olib borgan zafarli urushlari, Marengo (1800), Austerlis (1805), Iena (1806)dagi ajoyib galabalari, imperiya hududini tez surʼatda kengayishi, H. I ni amalda butun Gʻarbda (Angliyadan tashqari) va Markaziy Yevropada xukmdorga aylanishi uning shon-shuhratini yanada oshirgan. 1812-y. da Rossiyaga qarshi yurishidagi magʻlubiyatidan soʻng H. I oʻzini oʻnglay olmadi, uning «buyuk armiyasi» tor-mor qilindi, Yevropada H. I zul-miga qarshi xalq-ozodlik harakatlari koʻtarildi. H. I ga qarshi ittifoqchilarning harbiy uyushmalari vujudga keldi. Soʻnggi urushlarda H. I ning magʻlubiyatga uchrashi, ittifoqchi qoʻshinlarning Parijga kirib kelishi (1814-y. 31 mart), uni taxtdan voz kechishga majbur qildi (1814-y. 31-mart). Gʻolib it-tifoqchilar H. I ning imperator unvonini saqlab qolib, Elba o. ni uning ixtiyoriga berdilar.

H. I ning Fransiyaga qaytadan kirib kelishi (1815-y. 1-mart) va «yuz kun» deb atalmish davrda (1815-y. 20-mart — 22 iyun) uni 2-marotaba taxtni boshqarishi mamlakatda Napoleon Ini qoʻllabquvvatlaydigan ijtimoiy kuchlar hali ham mavjudligidan darak berardi. Ammo Vaterloo jangida u ittifokchilar armiyasi tomonidan tor-mor qilindi va 1815-y. 22-iyunda batamom taxtdan voz kechdi. Muqaddas Yelena o. ga surgun qilingan H. I 6 yildan soʻng inglizlar asirligida vafot etgan. 1840-y. uning xoki Parijga Nogironlar uyiga kuchirib keltirilgan.

H. I xdrbiy qoʻshinlarni kasbiy (professional) armiyaga aylantirdi. Yevropada eng ilgʻor hisoblangan fransuz qurolli kuchlarini yaratish, ularni harbiy sanʼatga oʻrgatishga, strategiya va taktikani takomillashtirishga zamin yaratdi. U dushmanni tor-mor etishning asosiy yoʻli unga qarshi qatʼiy jang qilishdan iborat deb hisoblardi. H. I strategik tashabbusning roli va ahamiyatiga alohida urgʻu bergan.

H. I ning sarkardalik mahorati jahon harbiy sanʼatiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.

Ad.: Manfred A. 3., Napoleon Bonapart, M., 1971; Tarle Ye., Nashestviye Napoleona na Rossiyu. 1812 god, M., 1938; Tarle Ye. V., Napoleon, M., 1957; Leviskiy Napoleon I, Polkovodcheskoye iskusstvo Napoleona, M, 1938.

Temur Gʻiyosov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x