NANSI — Fransiyaning shim.sharkiy qismidagi shahar. Myort va Mozel departamentining maʼmuriy markazi. Myort daryosi va Marna—Reyn kanali boʻyidagi port. Aholisi 106 ming kishi (1999). Nansi — Lotaringiya sanoat r-nining iqtisodiy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Elektrotexnika, transport mashinasozligi, poyabzal, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shisha va chinnidan badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Un-tlar, in-tlar, konservatoriya, nafis sanʼat muzeyi bor. Shahar chetida temir rudasi konlari va metallurgiya z-di mavjud. Nansi 16-a. dan maʼlum. 13—18-a. larda Lotaringiya gersoglarining qarorgohi boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (1703—42), cherkov (15-a.), Gersog saroyi (16-a.) va b. saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые