NANDULAR

NANDULAR, amerika tuya kushlari (Rheiformes) — koʻkrak tojsuyaksiz qushlar turkumi. Oyoklari uch barmokli, qanotlari rivojlangan, lekin Nandular ucholmaydi. Patlari gʻovak, yaxshi yuguradi va suzadi. 1 oila 2 turi: oddiy nandu (balandligi 170 sm gacha, ogʻirligi 25 kg gacha) va darvin nandusi, yaʼni uzun tumshuqli nandu maʼlum. Jan. Amerika pampaslari va yarim choʻl hududlarida tarqalgan. Poligam. Tuda boʻlib yashaydi. Toʻdasida 3 — 8 ta modasi bitta uyaga 30 ta yoki undan koʻproq tuxum qoʻyib, uni 35—40 kun bosadi, joʻjalarini narlari ergashtirib olib yuradi. Nandular oʻsimlik barglari, novdalari va mayda umurtqasiz xayvonlar bilan oziklanadi. Goʻshti va pati uchun koʻp ovlanishi, tuxumlari yigʻib olinishi tufayli soni kamayib ketgan. Asosan, chekka hududlarda saqlanib qolgan. Darvin nandusi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x