NANA SOHIB (asl ismi Nana Govind Dandu Pant) (taxm. 1824—?) — 1857—59 y. lardagi Hindiston xalq qoʻzgʻoloni rah-barlaridan biri. Ingliz Ost-Indiya kompaniyasining nafaqasida boʻlgan maratx peshvosi (hokimi) Baji Rao II ning asrandi oʻgʻli. Peshvo vafoti (1851) dan soʻng kompaniya N. S. ga nafaqa toʻlashdan bosh tortgani sababli u xalq qoʻzgʻoloniga qoʻshilgan. 1857-y. da oʻzini peshvo deb eʼlon qilgan, Kanpur sh. va viloyatida oʻz hokimiyatini joriy qilgan. Mustamlakachilarga qarshi yirik janglarda qatnashgan. Keyinchalik qoʻzgʻolonning boshqa mulkdor rahbarlari singari xalq urushini cheklashga harakat qilgan. 1857-y. oʻrtasida Kanpur yaqinidagi magʻlubiyatdan soʻng Nana Sohib Aud viloyatiga chekingan va qoʻzgʻolonning asosiy mar-kazlari tor-mor qilinganidan soʻng Shim. Hindistonning changalzorlariga bekingan. Keyingi taqsiri maʼlum emas. Ad.: Narodnoye vosstaniye v Indii 1857 — 1859, M., 1957; Novaya istoriya Indii, M., 1961.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые