Post Views:
47
NAMUDLIF – Iloqdagi shahar xarobasi (3-11-asrlar). Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining o‘ng sohilida joylashgan. 1966-67 yillarda o‘rganilgan (Yu.F.Buryakov). Maydoni – 70 gektar, beshburchakli qal’a va keng shahristondan iborat bo‘lib, daryo va uning irmoqlari bilan mudofaalangan. Namudlig‘ o‘rnida 3-4-asrlarda istehkomsiz turar joylar paydo bo‘lgan, 5-6-asrlarda shaharga aylangan. 9-10-asrlarda kumush va boshqa rangli metallarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan. Namudlig‘da metall eritish va kulolchilik sexi, kaolin va bo‘yoq modda saqlanadigan joylar, shisha, sopol idishlar, turli tangalar topilgan. Shahar 11-asrda inqirozga uchragan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/namudlig-2/