NAMUDLIGʻ — Iloqdagi Shahar xarobasi (6—11-a. lar). Namudligʻ Angren sh. yaqinida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida joylashgan. 1966—67 y. larda oʻrganilgan. Namudligʻning mayd. 70 ga,ʻ 5 burchakli qalʼa va keng shahristondan iborat boʻlib, dare va uning irmoklari bilan mudofaalangan. 3—4-a. larda mudofaa devorlari bilan oʻralmagan turar joylar paydo boʻlgan. Bu davrda tirnab uchburchak naqshlar solingan, qizil oxrasimon boʻyoklar bilan yoʻl-yoʻl chiziklar tushirilgan va hayvon shaklidagi tutqichli sopol idishlardan foydalanilgan. 5—6-a. larda Namudligʻ shaharga aylangan. 9—10-a. larga kelib kumush va b. rangli metallarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan. Namudligʻda metall eritish va kulolchilik pechi, kaolin va buyok, modda saqlanadigan joylar topilgan. Namudligʻ dagi idishlar qoʻlda va kulolchilik charxida yasalgan. Undan shisha, sopol idishlar, har xil tangalar topilgan. Ularga oxra va angob bilan jilo berish rasm boʻlgan Shahar 11-a. da inqirozga uchragan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые