NAMUD

NAMUD (fors. — koʻrinish, namoyon boʻlish) — makom ashula yoʻllarida muayyan shoʻbaning boshqa shoʻbalarda ishlatiladigan kuy tuzilmasi. Har bir Namud shoʻbaning bosh kuy jumlalaridan olinib, shu va b. makom qismlarida avj sifatida foydalanishi mumkin. Namudlar foydalaniladigan shoʻba tarkibidagi kuy va doyra usuliga moslab olinadi hamda maqomlarning muhim shakllantiruvchi vositasi sanaladi. Shashmaqomda Namudlar soni oʻndan ortiq boʻlib, Saraxbor, Talqin va Nasr shoʻbalari asosida yuzaga kelgan. Ular Uzzol, Ushshoq, Muxayyari Chorgoh, Bayot, Navo, Oraz, Dugoh, Segoh, Nasrulloyi va b. N. laridir. Bulardan Uzzol N. i — Buzruk va Rost maqomlari, Ushshoq N. i — Buzruk, Rost makrmlari, Muxayyari Chorgoh N. i. — Buzruk, Rost, Segoh va Iroq maqomlari, Navo N. i va Oraz N. i — Navo va Segoh maqomlari, Segoh Namudi — Rost va Segoh maqomlari, Nasrulloyi Namudi — Buzruk va Segoh maqomlarining shoʻbalarida avj oʻrnida ishlatiladi. Namud lardan bastakorlarning yirik shakldagi kuy va ashulalarida qam keng foydalanilgan. Asarlarda oʻrniga qarab muayyan Namudning kuy-ohanglari, vazni va hajmi boʻyicha turlicha koʻrinishlari ishlatilishi mumkin. Maqom, shuningdek, mumtoz ashula va cholgu yoʻllarida oʻxshash uslubda foydalanadigan boshka maxsus kuy tuzil malaridan Zebo pari va Turk avjlari Namudlar qatorida oʻrin tutadi.

Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x