NAMANGAN ATLAS AKSIYADORLIK JAMIYATI

NAMANGAN «ATLAS» AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik toʻqimachilik korxonasi. «Oʻzbek ipagi» uyushmasining «Shoyi» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Korxona, asosan, tabiiy ipak, sof ipakdan tayyorlangan milliy xonatlas, tandasi sof ipak va arqogʻi paxta ipli adras va beqasam gazlamalari hamda sof ipakdan qadimgi miniatyuralar tasvirlari bilan gilamlar ishlab chiqaradi. Jamiyat tarkibida pillakashlik, boʻyoqchilik, toʻquvchilik korxonalari bor.

1925-y. da mahalliy hunarmand, toʻquvchi kosiblarni birlashtirgan «Yangi rivojiya» arteli tashkil etilgan. 1962-y. da korxona Namangan shoyi toʻqish f-kasiga aylantirildi. 1971-y. da Namangan abrli shoyi toʻqimachilik k-ti, 1994-y. dan hoz. nomda. 1973-y. larda 202 t ipak ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonasi, 1976—80 y. da 7,2 mln. m milliy gazlama i. ch. quvvatiga ega boʻlgan boʻyoqchilik va toʻquvchilik korxonalari ishga tushirildi. 1994-y. da k-t davlat tasarrufidan chiqarildi va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

1998-y. da pillani qayta ishlash jarayonida chiqqan chiqindilardan ipak tayyorlashga ixtisoslashgan «Silk Road» Oʻzbekiston—Yaponiya qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. 2002-y. da paxta ipi ishlab chiqaradigan «Channa-Teks» Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasi qurib bitkazildi. 2003-y. da esa Janubiy Koreyaning «Ay-Di-Zi» korporatsiyasining zamonaviy pillakashlik avtomatlari oʻrnatilib, korxona quvvatlari oshirildi. Mah-sulotlari xorijga eksport qilinadi.

Korxonada 1,6 mln. m tayyor gazlama (shundan 956 ming m ipak gazlama, 645 ming m ip gazlama), 65 t tabiiy ipak tayyorlandi (2002). Korxonada 3000 ga yaqin ishchimuxandis xodimlar ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x