NAMANGAN ASNAM TEKSTIL QOʻSHMA KORXONASI

NAMANGAN «ASNAM TEKSTIL» QOʻSHMA KORXONASIOʻzbekistonTurkiya qoʻshma toʻqimachilik korxonasi. Masʼuliyati cheklangan jamiyat maqomiga ega. Taʼsischilari: «Oʻzbekengilsanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, «Yengilsanoatinvestxomashyo» aksiyadorlik jamiyati va Turkiyaning «Astop» firmasi. Korxona qurilishi 1992-y. iyulida imzolangan shartnomaga asosan boshlanib, 1994—2001-y. larda qurildi va i. ch. quvvatlaridan foydalanish 2001-y. apr. dan boshlandi.

Nizom jamgʻarmasi 6,99 mln. AQSH dollari. Shundan Oʻzbekiston tomonining ulushi 42% (2,93 mln. dollar), xo-rijiy hamkorlar ulushi 58% (4,06 mln. dollar). Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasi «A. T.» Q. K. ning yillik loyiha quvvati 3600 t paxta kalava ip i. ch. Korxona paxta tolasidan tayyor gazlamalar, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yigiruv, toʻquv, par-dozlash majmuasiga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x