NALIVKIN Vladimir Petrovich (1852.15.7, Kaluga – 1918.20.1, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos, lingvist va pedagog. 1873-y. artilleriya bilim yurtini tugatgach, Turkistonda xizmat qilgan, Xiva va Qoʻqon yurishlarida qatnashgan. Qisqa muddat Namanganda harbiy boshliqning yordamchisi boʻlib ishlagan. Yerli aholining tili, turmushi va urf-odatlarini yaqindan oʻrganish uchun Nanay qishlogʻidan yer sotib olib, oilasi bilan shu yerda bir necha yil yashagan. Oʻzbek, tojik, arab tillarini puxta oʻrgangan. Nalivkin Turkiston oʻlkasida ochilgan birinchi rus-tuzem maktabining dastlabki oʻqituvchilaridan boʻlgan, Toshkent oʻqituvchilar seminariyasida mahalliy tillardan dars bergan (1890-y. gacha). 1890—95 y. larda Sirdaryo, Fargʻona va Samarqand gubernatorining yordamchisi boʻlgan. II Davlat dumasining deputatligiga saylangan. 1917-y. da Muvaqqat hukumatning Turkiston qoʻmitasiga raislik qilgan, mensheviklarni yoklagan. U Turkiston oʻlkasining tarixi, etnografiyasi, islom madani-yatiga doir koʻplab asarlar yozgan, oʻzbek («sart»), fors tillari boʻyicha qoʻllan-malar yaratgan, «sartcha» (oʻzb.)-ruscha, ruscha-«sartcha» (oʻzb.), ruscha-forscha lugʻatlartuzgan. Akad. V. V. Bartoldnint taʼrificha, Nalivkin «ruslar orasida oʻzbek tili va turmushini eng yaxshi bilgan» olim edi. Uning xotini M. V. Naliv-kina bilan birga yozilgan «Fargʻonadagi oʻtroq aholi ayollarining turmushiga doir ocherklar» hamda «Qoʻqon xon-ligining qisqacha tarixi» asarlari sharqshunos olimlar tomonidan yuqori baholangan. Keyingi asar 1899-y. da Parijda fransuz tilida A. Dozon tarjimasida bosilgan. Bolsheviklar Taʼsis majlisini tarqatib yuborib, zoʻravonlik b-n hokimiyatni bosib olgandan keyin Nalivkin boʻlajak qatagʻonlar va vahshiyliklarni oldindan koʻra olgan. U 1918-y. 20 yanv. da Toshkentda bolsheviklar tuzumiga norozilik sifatida xotinining qabri ustida oʻzini otib oʻldirgan.
As: Russko-sartovskiy i sartovskorusskiy slovar, s prilojeniyem kratkoy grammatiki po narechiyam Namanganskogo uyezda, sost. V. Nalivkin i M. Nalivkina, Kazan, 1884; Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya, izd., 2, ispr, T., 1986; Sartovskaya xrestomatiya dlya Turkestanskoy uchitelskoy seminarii, T., 1896; Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu sartovskogo yazыka, Samarqand, 1898.
Ortiqboy Abdullayev.