NALCHIK (sh. 1921-y. dan) – Kabarda-Balkariya poytaxti. Katta Kavkazning shim. etaklarida, Nalchik daryosi boʻyida joylashgan. T. y. stansiyasi. Aholisi 235,7 ming kishi (1998). N. Kabarda-Balkariya sanoat mahsulotining 50%ini beradi. Mashinasozlik («Sevkavelektrod», «Telemexanika» korxonalari, elektrovakuum, yarim-oʻtkazgichli priborlar, stanok-sozlik va b. z-dlari), rangli metallsozlik, kimyo oziq-ovqat, yengil sanoatlari rivojlangan. Baland togʻ geofizika ilmiy tadqiqot in-ti, 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, KabardaBalkariya un-ti), 2 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari, filarmoniya faoliyat koʻrsatadi. Balneologik va togʻiqlimiy kurorti bor (N. dan 3 km narida, Dolinskda 500—550 m balandlikda joylashgan). N. Shim. Kavkazdagi turizm va alpinizm markazlaridan biri. Nalchik 1817 — 18 y. larda ruslarning harbiy istehko-mi sifatida vujudga kelgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые