Najib Mahfuz (1911-2006)

Taniqli va ardoqli Misr yozuvchisi Najib Mahfuz 1911 yilda Qohirada tavallud topdi. Uning ilk asarlarida anʼanaviy, milliy qadriyatlar tarannum etildi. 1950 yillar oxirida chop etilgan “Qohira trilogiyasi” (“Bayn al-Qasrayn”, “Qasr osh-Shauq” va “as-Sukkarida”) jahon adabiyotida keng eʼtirofga sazovor boʻldi va kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Isteʼdodli qalam sohibi 60-yillardan eʼtiboran jamiyat evolyusiyasi va umuminsoniy qadriyatlarga oid hikoyalar yoza boshladi. “Taqdir oʻyinlari”, “Yangi Qohira”, “Nil ustidagi safsata”, “Toshoyna”, “Muhtaram janob”, “Ming kechaning tunlari”, “Xeopsning donoligi” nomli romanlari hamda “Xudoning dunyosi”, “Laʼnatlangan uy”, “Soyabon tagida” singari novellalari nodir durdona asarlar sirasidan joy oldi. 1988 yilda butun insoniyat uchun ahamiyatga molik boʻlgan realizm va arab hikoyanavisligini boyitganligi uchun Najib Mahfuz adabiyot sohasida Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Arab nasrining yorqin vakili 2006 yilning 29 avgustida vafot etdi.

Adabiyot dargʻasining talaygina asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan, koʻpgina asarlari esa ekranlashtirilgan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/najib-mahfuz-1911-2006/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x