NADIMIY

NADIMIY (taxallusi; asl nomi Boltaniyoz Qurbonniyoz oʻgʻli) (? — Xiva — 1938) — shoir, xattot. Akasi Muhammad Yoqub Harrot Devondan husnixat qoidalarini oʻrgangan. Nadimiy umrining oxirigacha Xivadagi idoralarda turli lavozimlarda ishlagan. Sharq shoirlarining asarlarini mutolaa qilib, ularning taʼsirida sheʼrlar yozgan. 1908-y. da koʻchirgan mukammal devonida oʻzbek mumtoz sheʼriyatining turli janrlarida yozilgan asarlar bor. Sheʼrlarida insoniy muhabbatni ulugʻlaydi, kishilarni oliy fazilatlar egasi boʻlishga chaqiradi. Nadimiy kitobat qilgan Abdulvohid ibn al-Muftiyning «Ajoyib ul-qisas» asari tarjimasi (1907, inv. № 874), zamondosh shoirlardan Shinosiy devoni (1908, inv. №1145), Tabibiyning 2 devoni (1909, inv. №927, 1910, inv. № 257) va oʻzi tarjima qilgan «Vomiq va Uzro» dostoni (1910, inv. № 2057) va oʻzining 3 devoni Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti Qoʻlyozmalar fondida (№ 901, 902, 906) sakdanmoqda. Nadimiy asarlari bayozlardaham uchraydi (Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti Qoʻlyozmalar fondi, inv. inv. № 6771, 6939, 6969).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x