MUZAFFAR MIRZO, Muzaffar Husayn Mirzo (1473-1509) – Husayn Boyqaronpnt 6-oʻgʻli. Onasi — Xadicha begimdir. Muzaffar Mirzo tabiatan xudbin, oʻjar vatantiqedi. Xadichabegim Muzaffar Mirzoni valiahd etib tayinlashga uringan. Biroqudumga koʻra, valiaxdlik Sultonning katta oʻgʻli Badiuzzamon Mirzoning haqqi edi. Sevikli xotini Xadicha begim taʼsiriga tushib qolgan Sulton M. M. ni koʻproq suyardi. Sultonning bu harakati boshqa oʻgʻillariga yoqmas, natijada ular doim otalariga qarshi harakatda boʻlardilar. 1497-y. Husayn Boyqaro M. M. ga eng boy va maʼmur As-trobod viloyatini inʼom qiladi. 1506-y. may oyida Husayn Boyqaro Shayboniyxonga qarshi yoʻlga chiqib, Bobo Ilohiy mavzeida vafot etadi. Xadicha begimning irodasi bilan mamlakat taxtiga Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Mirzolar oʻtiradi. Mamlakatda qoʻsh x,ukmdorlik vujudga keladi. Har 2 shahzoda oʻz taxt-gohini Hirotning 2 chekkasiga quradi. 1507-y. Muhammad Shayboniyxon Xurosonga kirib, 1jangdayoq har 2 shahzodaning qoʻshinini tormor etib Hirotni egallaydi. Badiuzzamon Mirzo Sindga, Muzaffar Mirzo esa, Astrobodga qochadi. 1509-y. M. M. Astrobodda bedavo dardga uchrab 37 yoshida vafot etadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые