MUTAVALLI (arab. — ishboshi, boshqaruvchi) — islom tarixida vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf yerlarini ijaraga berish, vaqf mulkida xoʻjalik ishlarini yuritishni ham Mutavalli bajargan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida Mutavallilar hozir ham bor, ular vaqflarni boshqaradi. Ayrim musulmon mamlakatlarida Mutavalli yirik ziyoratgohlar (maqbara, mozor va b.)ni, ulardan keladigan daromadlarni ham boshqaradi. Oʻzbekistonda masjidning xoʻjalik va moliya ishlarini boshqaruvchilar M. deyiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые