MUSTAQILLIK MAYDONI — Toshkentning markaziy maydoni. Poytaxt aholisining ommaviy tantanalari va b. tadbirlar oʻtkaziladigan joy. Oʻzbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov koʻchalari oraligʻida, Anhor kanali sohilida joylashgan. Maydon perimetral tarzda qurilgan. 1917-y. gacha Sobor maydoni, 1917—66 y. larda Qizil maydon, 1966—91 y. lar Lenin nomidagi maydon, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-y. dan Mustaqillik maydoni deb atala boshlagan. Mustaqillik maydoni hajmiy tuzilishi ja-n. dan shim. ga choʻzilgan koʻpyokli hududiy mujassamotni tashkil qiladi. Ansambl meʼmoriy uslub va koʻlami jihatidan yaxlit turli maʼmuriy binolardan iborat. Bir necha marta rekonstruksiya qilingan. Hukumat uyining dastlabki loyihasi (1931, meʼmorlar V. Arxangelskiy, A. Petlina va A. Sidorov) oʻrta asr mahobatli meʼmoriy shakl yoʻnalishida (serustunli, ravokli, mayda gumbazli) boʻlgan. Keyinchalik mumtoz va milliy meʼmoriy anʼanalar oʻzlashtirilgan holda order tizimi yoʻnalishi amalga oshirilgan (meʼmorlar A. Boboxonov, V. Volchak, S. Polupanov) va zamonaviylik ruhi berilib qayta ishlangan (1946, 1954—65), xoz. kunda bu binolar oʻrnida yangi bino barpo etilishi loyixalashtirilmoqda.
1936-y. da V. I. Leninga xaykal oʻrnatilgan. 1975-y. haykal qayta ishlangan. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin maydon tubdan qayta rekonstruksiya qilingan (meʼmorlar S. Odilov, L. Adamov va b.). Choʻziq suv xavzasiga ega boʻlgan baland terrasa va uning pastidagi sharshara maidonni baland va past satxlarga ajratadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Lenin qaykali olib tashlandi, oʻrniga Mustaqillik obidasi (1992) oʻrnatildi. Maydondagi Maʼmuriy binolar (OʻzR Vazirlar mahkamasi, Fizkultura va sport davlat qoʻmitasi, sanʼatshunoslik i. t. inti, 20 kavatli vazirliklar joylashgan bino va b.) erkin joylashtirilgan. 1999 yil 16 fev. voqeasidan keyin Mustaqillik maydoni dagi vayron boʻlgan maʼmuriy binolar qayta qurilib, atrofi obodonlashtirildi.
Mustaqillik maydoni dagi koʻndalang yoʻlka Xotira maydoni (1998)ga olib boradi. Xotira maydonidagi yodgorlik mahalliy meʼmorlik anʼanalari asosida ayvon va serhasham qator ustunli, devorlariga kitob sahifalari shaklida 1941—45 y. lar urushida halok boʻlgan oʻzbek oʻgʻlonlarining roʻyxati berilgan. «Motamsaro ona» haykali, urushda halok boʻlganlar xotirasiga oʻrnatilgan man-gu olov yonib turibdi.
Mustaqillik maydoni yaqinida, «Mustaqillik maydoni» metro st-yasi va b. joylashgan. Turli daraxt va gullar bilan koʻkalamzorlashtirilgan.