MUSO ibn NUSAYR

MUSO ibn NUSAYR (?—716 yoki 717) — Umaviylarning Afrikadagi lashkar-boshisi, Sharqiy barbarlar yordamida Afrikaning shim. dagi dengiz sohillarini Tanjer sh. ga qadar bosib olgan (706—709). Vizantiya tomonidan Seuta qalʼasi boshligʻi etib tayinlangan graf Yulian ham arablarga boʻysungan. Keng tarqalgan rivoyatga koʻra, aynan Yulian arablarni Ispaniyaga qarshi yurish qilishga undagan; bunga uning qizini vestgotlar qiroli Rodrig tomonidan haqorat qilinishi sabab boʻlgan. Muso ibn nusayr ibn N. ning mavlosi Toriq ibn Sayd 7 ming barbar bilan boʻgʻozdan Ispaniya sohiliga oʻtgan (q. Gibraltar) va 711-y. Kadiks (baʼzi maʼlumotlarga koʻra Xeres dela Fronter) yaqinida gʻalaba qozongan va osonlik bilan boshqa shaharlarni birin-ketin egallay boshlagan. Muso ibn nusayr ibn N. ning bunga gʻayirligi kelib 712-y. 18 ming qoʻshini bilan oʻzi ham Ispaniyaga oʻtgan, Toriqni hibsga olib, Ispaniyani zabt etishni oʻzi nihoyasiga yetkazgan. Muso ibn nusayr ibn N. ning qudrati kuchayib ketishidan xavfsiragan xalifa uni Damashqqa chaqirtirib olgan (715); M. ibn N. ning mol-mulki tortib olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x