MUSAYLIMA (asl ismi Maslama, 634-y. v. e.) — Arabiston ya. o. da Muhammad paygʻambar vafotidan keyin pay-gʻambarlikni daʼvo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan Banu xanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu Bakr davrida u mutanabbiylar (soxta paygʻambarlar) safiga kiritilgan va musulmonlarning bu kabilaga qarshi jangida halok boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые