MUSALLAS (arab. — uchlik, uchlama) — musammat sheʼr shakllaridan biri. Musallas oʻzbek sheʼriyatidagi na emas, balki aruz sistemasi qoʻllangan boshqa qoʻshni adabiyotlar tarixida ham juda kam uchraydi. Buning sababi uchlikning 1 – va 2-juft misrasidan keyingi 3 – misraning qofiya jix,atidan toq boʻlishidadir (a-a-b). Bunday holat sheʼrda fikriy notamomlikka, uzilishga sabab boʻlishi mumkin. U gʻarb adabiyotidagi tersinalarga oʻxshab ketadi. Uning da-stlabki namunasi 16-a. tojik shoiri Mushfiqiy ijodida uchraydi. Oʻzbek shoirlaridan esa Uvaysiy (19-a.) devonidauchraydi, xolos. U ham a-a-a; b-b-b; v-v-v qofiya tartibiga ega. Birok. 20-a. shoirlaridan Hamza, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Vosit Saʼdulla, Omon Matjon, Anvar Obidjon aruz va barmoq vaznlarida Musallasning yangi namunalarini yaratganlar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые