MUSA TURA MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan kalʼa markazida joylashgan. Ollokulixon nabirasi Musa toʻra qurdirgan (1841). Madrasa t-rapetsiyasimon tarxli (38,7×28,2 m), orka va ikki yon tarzi oddiy bezaksiz. Bosh tarzdagi peshtoqi Xorazm meʼmorligiga xos sharafali, sirkori koshin bilan qoplangan, gʻishtlar mavjli shaklda terilgan. Ikki yon qanotidagi 3 ravokli hujralar peshtoqdan pastroq qilib ishlangan. 4 burchagida guldastalar bor. Darvozasi yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan, orasida yozuvlar saqlangan. 2 gumbazli, boʻgʻim-boʻgʻimli miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Miyonsaroyning 2 yonida masjid (6,0×6,0 m) va darsxona (4,2×4,2 m) joylashgan. Hovli (21,5×14,28 m) atrofidagi hujralar oldi qator ravoqli, tomi balxi gumbazli, masjid, darsxona va miyonsaroy charxi gumbazli, ichki gumbaz osti qalqonsimon ba-gʻallar bilan bezatilgan. Hujralar darchasiga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые