MURODXOʻJAYEV Narimon Qodirovich

MURODXOʻJAYEV Narimon Qodirovich (1928.17.6, Toshkent) — onkologradiolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), tibbiyot fanlari d-ri (1969), prof. (1970). ToshTIni tugatgach (1951), xdrbiy vrach (1951 — 55), Leningrad Harbiy tibbiyot akademiyasi xodimi va rentgenradioterapiya boʻlimi boshligʻi (1955 — 63), Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. in-ti radiologiya boʻlimi mudiri (1963—68), shu in-t direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1968—73), direktori (1977-2000). 1973-y. dan ToshTI onkologiya kafedrasi mudiri, 2001-y. dan prof.-konsultant. Asosiy ilmiy ishlari radiologiya, ichki aʼzolardagi xavfli oʻsmalarni radioaktiv moddalar yordamida aniqlash va davolash, shuningdek, nur b-n davolashga oid. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998). Rakka qarshi jamiyat prezidenta (1980-y. dan).

As: Ocherki sovremennoy onkologii, T., 1998; Onkologiya (darslik), T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x