MURODBAXSH

MURODBAXSH (1621-61) – boburiylardan Shoh Jahonnint 4-kenja oʻgʻli, onasi Mumtoz Mahal (Arjumand bonu) begimdir. Shoh Jahon M. ga Gujarot hokimligini inʼom qilgan edi. 1657-y. da kichik akasi Avrangzeb bilan ittifoq tuzib, taxt sohibi — katta akasi Doroshukuhga qarshi kurashadi. Bu paytda otasi ShohJahon kasal yotardi. 1657-y. dek. da u oʻzini Olloxrbodda podshoh deb eʼlon qiladi. 1658 i. 15 apr. da akasi Avrangzeb bilan birga Ujayna yaqinida Doroshukuxga qarshi jang qiladi. Jang Doroshukuhning magʻlubiyati bilan tugaydi. 2jang Agra yaqinidagi Samugarhda boʻladi. Bu jangda Doroshukuh sarkardalarining xiyonati bilan magʻlubiyatga uchraydi. Avrangzeb akasi Doro-shukuhni asirga olgach, Agraga kirib taxtni egallaydi. 1658-y. iyun oyida Avrangzeb Murodbaxshni ushlatib zindonga tashlaydi. Murodbaxsh Gvalior zindonida 3 yil yotadi. Nihoyat, 1661-y. da Avrangzebning buyrugʻi bilan 41 yoshida qatl etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x