MUROD II

MUROD II, Sulton Murod II Gʻoziy (1404—1451) — Usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1421—44, 1446—51), Mehmed I Chalabiyning oʻgʻli. Murod II P taxtga oʻtirgandan keyin usmoniylarga tegishli yerlarning maʼlum kismini egallashga muvaffaq boʻlgan, is-yonkor Mustafoga qarshi kurash boshlagan. 1422-y. Bursadan uzoq boʻlmagan Ulubad daryosining boʻyidagi jangda Mustafoning lashkari tormor etiladi va oʻzi qochadi. Tez orada Mustafo qoʻlga olinib, osib oʻldiriladi. 1424 — 26 y. larda MP ilgariroq qoʻldan ketgan Aydin, Menteshe, Germiyan, Saruxan va Hamid beyliklarini qayta oʻz tasarrufiga kiritadi. 1422-y. 24 avg. da Konstantinopolga qilingan hujum samara bermaydi. 1424-y. Vizantiya sultonga xiroj toʻlashga majbur boʻladi. 1440-y. M. P Serbiyaga yurish qiladi. 1444-y. ning 10 noyab. da Varna yaqinida Murod II P Yanosh Xunyadi boshliq chex-venger lashkarini magʻlub etadi. 1444-y. da Murod II P oʻz ixtiyori bilan oʻgʻlining foydasiga taxtdan voz kechadi, ammo ichki va tashki vaziyat 1446-y. da uni yana taxtga qaytishga majbur qiladi. 1447-y. da Pelopon-nesni gʻorat qiladi, Korinfni zabt etadi. 1448-y. ning 17— 19 dek. da Kosovo jangida Xunyadini yana bir bor magʻlub etadi. 1449—50 y. lari Albaniyaga 2-marta yurish qiladi. U adolatli va insofli hukmdor sifatida nom qoldirgan.

Ad.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t.1, L., 1963; Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Moguщyestvo i gibel, Murod II, 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x