MURAKKABOT (arab. — murakkab birikmalar) — musulmon Sharq musiqa nazariyasida parda tuzilmalaridan biri. Murakkabot turlari 24 ta boʻlib, ularning har biri ikki maqom yoki maqom va shoʻba, makom va vvoza, shoʻba va ovozalar tovushqatorlari qismlaridan tarkib topgan. Hijozi Muxolif (Hijoz va Iroq maqomlari asosida), Chorgoh. i Ajam (Chorgoh va Ajam shoʻbalari asosida), Zirafkani Buzruk (Buzruk va Moya ovozlari asosida) kabi nomlar bilan atalgan. Safiuddin al-Urmaviy risolasidagi jadvalda keltirilgan kuylarda Murakkabotlar maqom yoʻllari tarkibidagi namudlargya oʻxshash vazifani bajarganligi qayd etilgan. Shashmaqomnmt ashula qismlarida Murakkabot larga oʻxshash shoʻbalar uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые