MUQANNA QOʻZGʻOLONI — Movaro-unnahrda Arab xalifaligiga qarshi koʻtarilgan xalq ozodlik xarakati (8-a. ning 70—80-y. lari), Mutsanna rahbarlik qilgan. Qoʻzgʻolonchilar oq kiyim kiyganlari uchun «oq kiyimliklar qoʻzgʻoloni» nomi bilan ham mashqur. Qoʻzgʻolonda dehqonlar, qishloq hunarmandlari va mahalliy boylarning bir qismi qatnashgan. Muqanna Mazdaktaʼlimotining davomchisi sifatida ijtimoiy tenglikni keng targʻib qilganligi taʼsirida qoʻzgʻolonchilar iqtisodiy tengsizlik va oʻlkada arablar qukmronligiga qarshi kurash boshlaganlar. Muqanna oʻziga qarorgoh qilib Som togʻidagi qalʼani (Shaqrisabz sh. yaqinida) tanladi. Samarqand, Buxoro, Kesh, Narshax sh. lari qoʻzgʻolon markaziga aylangan. Xalifa Mansur 775-y. da Jabroil ibn Yahyoni Ozarbayjondan katta harbiy kuch bilan Movarounnaxrga. yuborgan, ammo Jabroil qoʻzgʻolonchilardan yengilgan. 10 ming askar bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqaba ibn Salim birinchi marta Kesh va Samarqandda Gʻaricha boshliq, ikkinchi marta 14 ming askar b-n Termiz yaqinida Sarxama va Kayyoki Gʻuziy boshliq qoʻzgʻolonchilar tomonidan tormor keltirildi. Natijada Naxshab va Chagʻoniyon viloyatlari qoʻzgʻolonchilar qoʻligaoʻtdi. Qoʻzgʻolon 776-y. dan Buxoro vohasida kuchayib ketdi. Narshax qalʼasi qoʻzgʻolonchilarning qoʻrgʻoniga aylantirilgan. Bunda «oq kiyimliklar»ning katta qismi toʻplangan. Shu yili Narshax qalʼasi yaqinida «oq kiyimliklar» b-n arablardan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qoʻshinlari oʻrtasida 4 oy mobaynida jang boʻldi. Jangda «ok, kiyimliklar»ning qoʻli baland keldi, ammo son jixatdan koʻp boʻlgan arab qoʻshinlari Narshax qalʼasi devori ostidan uzunasiga 50 gazlm la-him kavlab, uni qulatgach, qalʼaga bostirib kirganlar. Qalʼa ichida davom etgan shiddatli janglarda qoʻzgʻolonchilar yengilgan, qoʻzgʻolon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Hashviylar oʻldirilgan. Narshaxdagi qoʻzgʻolon bostirilgach, arablar asosiy kuchni Muqanna qoʻzgʻolonining markazi boʻlgan Samarqand va Keshga tashladilar. Xalifa Mahdiy 777-y. da Muqanna qoʻzgʻoloniga zarba berish uchun Nisho-purga keldi. Xuroson noibi Maoz va Hirot amiri Sayd Xarashiy boshliq katta qoʻshin Samarqandga yuborildi. Qoʻzgʻolonchilar bilan boʻlgan jangda arab qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi. Natijada Maoz Xuroson noibligidan isteʼfoga chikdi. 2 yillik toʻqnashuvlardan soʻng Samarqand taslim boʻldi. Soʻngra arablarning birlashgan qoʻshinlari Muqannaga qarshi tashlandi. Narshax va Samarqandda «oq kiyimlilar» yengilgach, mahalliy boylar sotqinlik qilib, arablarga yordam bera boshladilar. Ular arablar bilan birga MuqannaningSom togʻidagi istehkomini qamal qilishda qatnashdilar. Uzoq davom etgan qamaldan soʻng tinkasi qurigan muqannachilar taslim boʻldilar. Muqannaning ukasi Qabzam 3000, Som qoʻrgʻoni mudofaasiga qoʻmondonlik qilayotgan Sarxama 3300 kishilik qoʻshini bilan Sayd Xarashiyga taslim boʻldilar. Ammo, arablarga taslim boʻlishni istamagan Muqanna oʻzini yonib turgan tandirga tashlab halok boʻldi.
Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991; Oʻzbekiston tarixi, T., 1997; Karimov Sh., Shamsutdinov R., Vatan tarixi, T., 1997.