MUQADDAS KITOBLAR

MUQADDAS KITOBLAR, ilohiy kitoblar — muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Buddizmda Tripitaka, hinduiylikda vedalar va upanishadlar, xristianlikda Bibliya, yahudiylikda Tavropg, islomda Qurʼon shunday kitoblardan hisoblanadi. Islom dini taʼlimotiga koʻra, Alloh oʻtgan pay-gʻambarlarning baʼzilariga sahifalar, baʼzilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as) ga, 50 sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan. Muso (as)ga Tavrotni, Dovud (as)ga Zaburnn, Iso (as)ga Injilnn va Muhammad (sa-v) ga Qurʼonni nozil qilgan. Qurʼondan boshqa Muqaddas kitoblar va sahifalar bir yoʻla bir dafʼada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qurʼon Jabroil orqali 23 y. mobaynida oyat-oyat, surasura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga koʻra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir paygambarga uning ummatlariga munosib hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular oʻz davrida ummatlar uchun hidoyat manbai boʻlgan. Islom taʼlimoti boʻyicha, Qurʼ-on Allohning qiyomatgacha hukmi oʻzgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan oxirgi kitobidir.

Abdulaziz Mansur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x