MUNYE (Mounier) Emmanyuel (1905.1.4, Grenobl — 1950.22.3, Parij) — fransuz faylasufi, personalizm asoschisi. 1932-y. da «Espri» («Esprit») jur. ga asos solgan. Munye taʼlimotining asosida shaxsning mutlaq qadrqimmatini tan olish yotadi. Munye shaxs tushunchasini individ tushunchasidan keskin farkladi. Uningcha, individ oʻz baxtini koʻzlasa, shaxs jami-yat manfaatlari toʻgʻrisida qaygʻurishi, dunyoviy ideallar b-n qanoatlanmay, pirovardida tabiat va jamiyat shart-sharoitlaridan ustun turmogʻi lozim. Munye shaxsni kurash va insoniyatga faol xizmat qilishga daʼvat etgan, maʼnaviy kamolotga intilishni qar bir shaxsning asosiy vazifasi deb bilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые