MUNTAXAB (arab. — ajratib olingan, tanlangan) — 1) biror ijodkorning tanlangan asarlari toʻplami;
2) fan, adabiyot va sanʼatga oid masalalarning eng muhimlarini qisqacha tushuntirib beruvchi asar. Odatda, bir necha muallifning asarlaridan olingan parchalardan tuziladi.