MUNK

MUNK, Mink — oʻrta asrlardagi (10-a.) Xuttalon viloyatining eng yirik shahri. Qizilsuv daryosi (Tojikiston)ning yuqori oqimida, Obimozor daryosining oʻng qirgʻogʻida, Hovaling qishlogʻidan 1 km shim.-gʻarbdajoylashgan Shahri Ming xarobasi oʻrnida boʻlgan. Munkda hayot Kushon podsholigi davri (1— 4-a.)dan moʻgʻullar istilosigacha (13-a. boshi) davom etgan.

Munk dastlab Avestoda va «Shohnoma»da tilga olingan. Ilk oʻrta asrlarda Munk kichik shahar boʻlsada, keng rustoqqa ega boʻlgan. Munk obod, chiroyli shahar boʻlib, aholisi jangovarligi bilan ajralib turgan. V. V. Bartold M. ni hoz. Baljuvon oʻrnida boʻlgan deb hisoblaydi. Munkning qabristoni hoz. Xonaqo qishlogʻi yonida boʻlgan, mayyitlar yogʻoch tobutlarda, shim. ga qaratib dafn qilingan. Mayyitlarning bir qismi (10—14-a.) mongoloid irqiga mansub boʻlgan, 10—12-a. larda Munkda hunarmandchilik taraqqiy etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x