Tarjimai hol
Munis Xorazmiy (1778 — 1829) — o‘zbek shoiri, yozuvchi, tarixshunos va tarjimon.
Xiva shahriga yaqin Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘zbeklarning yuz sulolasidan kelib chiqqan. Uning otasi Amir Avaz biy mirab Xorazmning Qiyot qishlog‘idan bo‘lib, o‘zbek aslzodalariga tegishli bo‘lgan. Shoirning tog‘asi tarixshunos Ogahiy Muhammad Rizo bo‘lgan.
“Firdavs ul-iqbol” tarixiy asari muallifi. 1800 yildan Xiva xonlari Avaz Inoq, Eltuzar, Muhammad Rahimxon I saroylarida saroy solnomachisi bo‘lib xizmat qilgan.
1804 yil o‘z asarlari devonini tuzib, keyinroq to‘ldirigan. Devon “Munis ul-ushshoq” nomini olgan.
1806 yil Xiva xoni Eltuzarning (1804—1806) topshirig‘i bilan tarixiy asar “Firdavs ul-iqbol”ni yozishga kirishadi. Asar besh bobdan iborat bo‘lib, umumiy tarix hamda Xiva tarixini o‘z ichiga olgan, Eltuzar va Muhammad Rahimxon (1806—1825) hukmronligi davrlarini o‘zida jam etgan qisqa bayonot ko‘rinishida bo‘lgan.
O‘rta asrlar musulmon tarixshunosligi an’analariga rioya qilgan holda, Munis o‘z tarixini “Odam ato”dan boshlab, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) va uning yaqin shogird-xaliflariga o‘tadi. Ikkinchi bob turk-mo‘g‘ul tarixiga bag‘ishlanib, afsonaviy Yafet va uning o‘g‘li Turkdan boshlab, Chingizxon va uning merosxo‘rlari davrigacha yoritilgan.
XVIII asrning, ayniqsa, ikkinchi yarmi hodisalari o‘ta batafsil ifodalanib, ma’lumotlar ko‘proq yilma-yil keltirilgan. Bundan ma’lumki, muallif bir qator zamondoshlari orasida, xususan, ehtimol, XVIII asrning ikkinchi yarmi voqealarida yaqindan qatnashgan o‘z otasi bilan ham tafsilotli so‘rovlar o‘tkazgan. Voqealar bayonoti 1812 yilgacha kelganda, muallif xondan Mirxond Rauzat us safoning asarini forsiydan o‘zbek tiliga tarjima qilishga kirishish topshirig‘ini oladi. Natijada, xivalik xonlar tarixini tuzish to‘xtatiladi.
Mirxond asarining birinchi bobi ustiga tarjimasini yakunlab, ikkinchisi ustida ish boshlaganda, Munis 1829 yil vafot etadi va Xivaga dafn etiladi.