MUMIYO

MUMIYO (arab., lot. mumia) , mumiyoyi asl, togʻ balzami, brag-shun, bargshun, chaotun — fiziologik funksiyalarni kuchaytiradigan murakkab biologik tabiiy mahsulot, kryalarning yoriklaridan sizib chikadigan smolasimon modda. Umuman Mni biologik, geologik va biomineralogik oʻzgarishlar mahsuloti deyish mumkin.

Tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Abu Bakr-ar Roziy bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, yuz nervi falaji, tutkanoq, yurakqon tomir sistemasi, na-fas yoʻllari va b. aʼzolar kasalliklarida Mumiyo ishlatgan. Abu Ali ibn Sino oʻzining «Tib qonunlari»da Mumiyoni meʼdani mustahkamlaydigan, nafas olishni yengillashtiradigan, binobarin eng takomillashgan universal dori deb tavsiflagan. Mumiyoning kelib chiqishi haqida juda koʻp fikrlar mavjud.

Mumiyo xamirday muloyim, taʼmi achchiq, suvda eriydi. Tarkibida turli organik moddalar va mikroelementlar bor. Oʻrta Osiyo hududida Mumiyoning manbalari kup. Tilla rang (kizil), kumush rang (oqish), mis rang (kukish) va temir rang (qoramtir-qoʻngʻir) Mumiyo buladi. Temir rang Mumiyo koʻproqtarqalgan. Asosan, tibbiyotda qoʻllanadi. Mumiyo yiringlatuvchi mikroblarni oʻldiradi, jarohat, yara va singan suyaklarni tez tuzatadi. Lat yegan, singan suyaklarni davolashda Mumiyodan foydalanish sir-asrorlarini Oʻzbekistonda prof. O. Sh. Shokirov ilmiy jihatdan asoslab berdi.

Mumiyoni membrana orqali tozalash, purkash usulida quritish va kukunga aylantirish, tabletkasini qobiqlash texnologiyasi, tarkibidagi mikroele-mentlar, aminokislotalar, yogʻ kislotalarining sifat va mikdor analizi, standartlash usullari Toshkent farmatsevtika in-tida ishlab chiqildi (S. N. Aminov, V. Ye. Kim, L. M. Soliyeva). Hoz. M. Oʻzkimyofarm OAJ da tabletka holida (M. Usubboyev) ishlab chiqariladi.

Mumiyodan oʻz bilgicha foydalanish yaramaydi, uni faqat vrach tavsiya etgan hollardagina qullash mumkin.

Ad.: Shakirov A. Sh., Mumiyo asil v kompleksnom lechenii perelomov kostey, T., 1976; Burdы kin B., Mumiyo. SanktPeterburg, 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x